14-sentabr kuni O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida qoldirdi, xabar beradi Markaziy bank sayti.
Regulyator o‘z qarorini respublikada ayrim tovar guruhlari narxlariga bosim saqlanib qolayotgani bilan izohlagan. Shu bilan birga, fuqarolar va korxonalar narxlar o’sishining tezlashishini kutmoqdalar.
«Yoz oylari boshidagi biroz pasayishdan so‘ng avgust oyida yillik inflyatsiya 9 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari guruhlari bo‘yicha amalda o‘zgarmagan ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda xizmat ko‘rsatish sohasida narxlar o‘sishining 8,2 foizdan 8,5 foizga tezlashishi inflyatsiyaning o‘sishiga sabab bo‘lgan omillardan biri bo‘ldi», — deyiladi press-relizda.
Joriy yilda Markaziy bank oltinchi bor ushbu masala bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazmoqda. Faqat mart oyida regulyator stavkani yillik 15 dan 14% gacha tushirishga qaror qildi. O’sha paytda iqtisodiyot eng yuqori qiymatlardan keyin inflyatsiyaning sekinlashishi tendentsiyasi kuzatilgandi. Qiymat shu kungacha o’zgarmagan darajada qolmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» avgust oyida O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 9 foizga yetganini, iyul oyida esa 8,9 foizni tashkil etganini yozgan edi.