Mirobod va Bektemir tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

eʼlon qilindi
15-sentyabrda

Bugun, 15-sentyabr kuni Mirobod va Bektemir tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali xabar berdi.

Foto: peshkova | depositphotos.com

Soat 10:00 dan 17:00 gacha Bektemir tumanining «Gulbog‘» mahallasi hamda Mirobod tumanining «Istiqlolobod» mahallasining ayrim ko‘chalarida elektr tarmog‘ida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

Xabarda ko‘ra, hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan oldinroq tugashi mumkin.

Kuni kecha Andijonda quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlangani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek