O‘zbekiston telekanallarida koreys multfilmlari namoyish etiladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Oktyabr oyi oʻrtalarida yettita koreys multfilmi efirga uzatila boshlaydi

«Aqlvoy» bolalar telekanalida yettita koreys multfilmi namoyish etiladi. Telekanal Janubiy Koreyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi bilan shartnoma tuzdi.

Foto: Sunwoo

Shunday qilib, oktyabr oyi oʻrtalaridan boshlab «Oʻzbekiston» televideniyesida «DoReMi DALIMI», «Chatty TORITORI», «PotenDogs», «The Little Stone DODO», «Virtual Guardians», «BANZI’s Secret Diary», «MOMBA&MOMI’s Exciting Bodyventure» animatsion filmlari namoyish etiladi.

Bepul translyatsiya qilish huquqi Koreya xalqaro radioeshittirish fondi tomonidan taqdim etilgan.

Avvalroq, Disney kompaniyasi yuzta eng yaxshi multfilmlar to‘plamini chiqarishi haqida xabar berilgan edi. Unga The Walt Disneyning klassik asarlari va Pixa studiyasining mashhur filmlari kiradi.

Shuningdek