Markaziy bank yuridik shaxslar uchun chet el valyutasini sotib olishga qo‘yilgan cheklovni bekor qildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Tashabbus 18 sentabrda boshlanishi rejalashtirilgan edi

O‘zbekiston Markaziy banki yuridik shaxslar uchun chet el valyutasini xarid qilishni cheklash haqidagi qarorini bekor qildi. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi.

Foto: Vadim Vasenin / www.depositphotos.com

«O‘zbekistonda valyuta operatsiyalari bo‘yicha yangi cheklovlar bekor qilindi», — dedi Nurmuratov.

Eslatib o‘tamiz, regulyator ushbu tashabbusni 18-sentabr, dushanbadan boshlab joriy etishni rejalashtirgan edi. Xususan, Markaziy bank yuridik shaxslarning banklardagi ikkilamchi hisobvaraqlari orqali valyuta sotib olishni taqiqlamoqchi edi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston Markaziy banki Rossiyaning QIWI to‘lov tizimi faoliyatini cheklagani haqida yozgan edi.

Shuningdek