Bugun 2 tumanning ayrim ko‘chalarida elektrdan uzilish bo‘ladi

eʼlon qilindi
Ta'mirlash ishlari sababli

Bugun, 18-sentyabr kuni Uchtepa va Chilonzor tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali xabar berdi.

Foto: Fibonacci | depositphotos.com

Soat  09:00 dan 17:00 gacha Chilonzor tumanining «Novza» mahallasi va Uchtepa tumanining «Latifguzar», «Nishabariq» mahallasining ayrim ko‘chalarida elektr tarmog‘ida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

Xabarda ko‘ra, hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan oldinroq tugashi mumkin.

«Kursiv» biznes uchun gaz va elektr energiyasi narxi oshishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilishi haqida iqtisodiyot bo‘yicha falsafa doktori, dotsent fikrlarini e’lon qilgan edi.

Shuningdek