O‘zbekiston ishbilarmonlik faolligi indeksi surʼati qanday?

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Avgust oyi holatida

O‘zbekiston Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2023 yil avgust oyida 1110 birlikni tashkil qiladi. Bu iyul oyiga nisbatan 11,0 % ko‘p. Bu ko‘rsatgich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 3,7 % kamroq. Bu haqida review.uz axborot manbaidan maʼlum bo‘ldi.

Foto: review.uz

Bu holat xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 4,9 foizga oshganiga,  faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha komponent 0,2 foizga oshganiga  bog‘liq. Tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 4,8 foizga va tovar belgilari bo‘yicha komponent 3,5 barobarga oshganiga  bog‘liq.  

Hududlar kesimida Sirdaryo viloyatida eng yuqori o‘sish surʼati qayd etilgan. 2023 yil avgust oyidagi indeksning Sirdaryo (49,7%), Jizzax (46,2%), Buxoro (44,2%), Qashqadaryo (41,6%), Surxondaryo (41,2%) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (38,3%) sezilarli darajada o‘sishi kuzatilgan.

2023 yil avgust oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5.5 ming tani tashkil qildi. Bu esa 2023 yilning iyul oyiga nisbatan 2.6 ming tranzaksiyaga (4,9%) ko‘p.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni ham 11 ta hududda oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Sirdaryo (27,7%), Jizzax (18,2%), Samarqand (7,8%), Andijon (6,1%) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (6,1%) kuzatilgan. Biroq, pasayish qayd etilgan hududlar ham bor: Toshkent (- 12,5%), Buxoro (- 5,5%) va Farg‘ona (- 3,2%).

Birja komponenti 1,0477 birlik. Bu o‘tgan oyga qaraganda 4,8 % ortiq. Bitimlar soni 12,2 % oshgan. Har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha hajmi 2,7 % kamaygan.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 5.8 mlrd. so‘m, bu o‘tgan oyga nisbatan 1,4 % ortgan.

Xo‘jalik subyektlari bo‘yicha komponent 1,0021 birlik. Bu esa o‘tgan yilga nisbatan 12,8 % sezilarli kam. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni iyul oyiga (504 259 birlik) nisbatan 1 092 taga oshgan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 10 taga ko‘paydi.

Savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha indeks 3,4600 birlikni tashkil etadi. Joriy yilning avgust oyida yuridik shaxslar tomonidan 173 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

«Kursiv» O’zbekiston fond bozorida kuzning birinchi haftasi haqida yozgan edi.

Shuningdek