Joriy yil boshidan buyon O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi (O‘zRTXB) savdolari orqali 613,9 milliard so‘mlik bir tonnadan ortiq qimmatbaho metallar sotildi. Bu haqda savdo maydonchasi matbuot xizmati xabar berdi.
Shundan 611,9 milliard soʻmi oltin, 2 milliard soʻmi kumush toʻgʻri keldi. Birja ma’lumotlariga ko’ra, jismoniy va umumiy sotuvlar o’tgan yilga nisbatan to’rt barobarga oshgan.
Yanvar-sentyabr oylarida savdo maydonchasida oltinning birja kotirovkasi bir gramm uchun 684,8 ming so’mdan 744,1 ming so’mgacha oshdi.
Avvalroq, «Kursiv» oltinga jahon sarmoyasi so‘nggi 11 yil ichida eng yuqori darajaga yetganini yozgan edi.