UzAuto Motorsdan qanday mashinalarni navbatsiz xarid qilish mumkin?

eʼlon qilindi
Bularga Equinox va Malibu kiradi

UzAuto Motors dilerlik markazlarida zudlik bilan shartnoma tuzish va yetkazib berish mumkin bo‘lgan avtomobillar mavjudligini ma’lum qildi.

Foto: Unsplash

Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da 173 ta Equinox, 147 Malibu, 20 Traverse va 15 Tahoe modellari xaridorlarga taqdim etildi.

«Avtomobillarning ish vaqtida dilerlik markazlarida mavjudligi haqiqatda sotilgan avtomobillar soniga qarab farq qilishi mumkin», – deyiladi kompaniya bayonotida.

UzAuto Motors dilerlarda avtomobillar mavjudligini UzAutoSavdo ilovasi orqali tekshirish mumkinligini eslatdi.

Avvalroq, «Kursiv» avgust oyida UzAuto Motors korxonalari 41 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqarganini yozgan edi.

Shuningdek