Bugun ham 2 tumanning ayrim ko‘chalarida elektrdan uzilish bo‘ladi

eʼlon qilindi
Ta'mirlash ishlari tufayli

Bugun, 19-sentyabr kuni Uchtepa va Mirobod tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali xabar berdi.

Foto: MartyInkTank | depositphotos.com

Soat 09:00 dan 17:00 gacha Uchtepa tumanining «A.Qodiriy» va «Ko‘kcha Oqtepa» mahallalarida hamda Mirobod tumanining «Oybek» mahallasining ayrim ko‘chalarida elektr tarmog‘ida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

Xabarda ko‘ra, hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan oldinroq tugashi mumkin.

Kuni kecha ham ikki tumanning ayrim ko‘chalarida elektrdan uzilish bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek