O‘zbekistonda DXSh loyihalarini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi

eʼlon qilindi
Bu haqda mamlakat prezidenti qaror imzoladi

O‘zbekistonda Davlat–xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi. Uni tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni respublika rahbari Shavkat Mirziyoyev imzoladi.

Foto: Freepik

Loyiha grantlar hisobidan moliyalashtiriladi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) 10 million yevro jalb qiladi. Yana 10 million yevro bankdan olingan qarz mablag’laridir.

Jamg‘arma 10 million dollardan ortiq DXSh tashabbuslari bo‘yicha maslahatchilar xizmatlari uchun haq to‘laydi.

2023-yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, DXSh loyihalari umumiy qiymati 2,9 milliard dollarni tashkil etdi. Ularning asosiy qismini davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi tashabbuslar, ikkinchi o‘rinda ta’lim va suv xo‘jaligi sohalari tashkil etdi.

Avvalroq, «Kursiv» Odilbek Isoqov Moliya vazirligi rahbariga davlat qarzi, xalqaro reytinglar va PPP bilan ishlash bo‘yicha maslahat berishi haqida yozgan edi.

Shuningdek