O‘zbekistonda sug‘urta bozori dinamikasi qanday?

eʼlon qilindi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari O‘zbekistonda sug‘urta bozori faoliyati va uning natijadorligini o‘rganib chiqdi.

2022 yilda jami sug‘urta mukofotlari 6,2 trln so‘mni tashkil qilgan. Ularning 10 % majburiy, 90 % esa ixtioriy sug‘urta badallaridan shakllangan. Bu haqida Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti maʼlumot berdi.

Manba: Pexels.com

Umumiy sug‘urta mukofotlari hajmi YAIMning 0,52 foizini tashkil etadi. Bu har bir kishiga o‘rtacha 12,1 dollardan to‘g‘ri keladi. Bu esa o‘z navbatida Qozog‘iston va Turkiyada mos ravishda 58,5 va 119,7 dollarni tashkil qiladi.

Umumiy sug‘urta bozorida konsentratsiya darajasi hamon yuqori. 2012 yilda top-5 kompaniyaning bozordagi ulushi 58,7 % bo‘lgan bo‘lsa, 2022 yilda ko‘rsatkich 53,6 % tashkil etdi.

Sug‘urta polislar savdosida brokerlar ishtiroki sanoqli. Bozor asosan agentlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarqatish asosiy sotuv kanali bo‘lib qolmoqda.

2019—2021 yillar jami umumiy sug‘urta polislarning o‘rtacha 94 % yuqorida tilga olingan kanallarda sotilgan. Sug‘urta polislarini internet orqali sotish ulushi 2019 yildagi 3 %dan 2021 yilda 7 %gacha oshgan.

Toshkentda tibbiy sug‘urta tizimi qachon ishga tushishi haqida o’qishingiz mumkin.

Shuningdek