Yangiliklar

Mirziyoyev: Oʻzbek xalqi paxta qulligidan butunlay qutuldi

Prezident dunyoda majburiy mehnatga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi

O‘zbekiston majburiy mehnat muammosini to‘liq hal qilishga muvaffaq bo‘ldi, dedi mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

«Xalqimiz paxta qulligidan butunlay qutuldi. Mamlakatning yangi Konstitutsiyasi majburiy mehnatni taqiqlashni kafolatlaydi va buning uchun jinoiy javobgarlikni belgilab beradi», — dedi Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi muhokamasida.

Foto: Kris / www.depositphotos.com

Mirziyoyevning qoʻshimcha qilishicha, XX asr davomida Oʻzbekistonning millionlab aholisi paxta terimida qatnashishga majbur boʻlgan. Ishga o‘qituvchi va shifokorlar, ishchi va xizmatchilar, o‘quvchilar va talabalar ham jalb etildi. Majburiy mehnat keng tarqalganligi sababli mamlakat «qora roʻyxatlar»ga kiritilgan.

«Bizning kuchli irodamiz tufayli bularning barchasi o‘tmishda qolib ketdi», deb ta’kidladi mamlakat prezidenti.

U global miqyosda majburiy va bolalar mehnatiga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi.

«Kursiv» Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida ishtirok etish uchun AQShda amaliy tashrif bilan bo‘lganini yozgan edi.