Andijon kompaniyasi amerikalik maktab o’quvchilarini poyabzal bilan ta’minlaydi

eʼlon qilindi
500 ming dollarlik shartnoma imzolandi

«KFK» brendi ostida mahsulot ishlab chiqaruvchi Andijon Classica Shoes International kompaniyasi Amerikaning YNK kompaniyasi bilan maktab poyabzali yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Bu haqda «O‘zcharmsanoat» uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: «O‘zcharmsanoat».

Hujjat O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida ishtirok etish uchun AQShga tashrifi doirasida imzolandi.

YNK kompaniyasi 1-12-sinf o‘quvchilari uchun poyabzal va kiyim-kechak yetkazib beradi. Uyushma maʼlumotlariga koʻra, shartnoma summasi qariyb 500 ming dollarni tashkil etgan.Andijon korxonasi 2024-yilda 35 ming juft poyabzal yetkazib beradi.

«Ushbu boshlanish, shubhasiz, yuqori sifatli oʻzbek mahsulotlarini AQSh bozorlariga eksport qilish hajmini oshiradi, – dedi “Oʻzcharmsanoat».

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda Nike brendi ostida krossovkalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek