«KFK» brendi ostida mahsulot ishlab chiqaruvchi Andijon Classica Shoes International kompaniyasi Amerikaning YNK kompaniyasi bilan maktab poyabzali yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Bu haqda «O‘zcharmsanoat» uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2023/09/photo_2023-09-21_16-47-58.jpg)
Hujjat O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida ishtirok etish uchun AQShga tashrifi doirasida imzolandi.
YNK kompaniyasi 1-12-sinf o‘quvchilari uchun poyabzal va kiyim-kechak yetkazib beradi. Uyushma maʼlumotlariga koʻra, shartnoma summasi qariyb 500 ming dollarni tashkil etgan.Andijon korxonasi 2024-yilda 35 ming juft poyabzal yetkazib beradi.
«Ushbu boshlanish, shubhasiz, yuqori sifatli oʻzbek mahsulotlarini AQSh bozorlariga eksport qilish hajmini oshiradi, – dedi “Oʻzcharmsanoat».
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda Nike brendi ostida krossovkalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani haqida yozgan edi.