Bugun yana 2 tumanning ayrim ko‘chalari elektrsiz qoladi

eʼlon qilindi
Ta'mirlash ishlari tufayli

Bugun, 21-sentyabr kuni Uchtepa va Bektemir tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali xabar berdi.

Foto: vasabii777 | depositphotos.com

Soat 09:00 dan 17:00 gacha Uchtepa tumanining «Beshqayrag‘och» mahallasida hamda Bektemir tumanining «Gulbog‘» mahallasining ayrim ko‘chalarida elektr tarmog‘ida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

Xabarda ko‘ra, hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan oldinroq tugashi mumkin.

Avvalroq, «Kursiv» biznes uchun gaz va elektr energiyasi narxi oshishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek