Tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi qanday

eʼlon qilindi
Patent boji 3 oy davomida to‘lanishi kerak

Joriy yilning 19-sentyabr kuni hukumat qarori bilan Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali

Ushbu xizmatdan foydalanishga doir talabnomani topshirish bo‘yicha harakatlar talabnoma beruvchi tomonidan bevosita yoki vakili orqali bo‘ladi.

Shunga ko‘ra, davlat xizmatidan foydalanish uchun vakolatli organning axborot tizimi yoki YAIDXP orqali, shuningdek, pochta aloqasi bo‘yicha talabnoma topshiriladi.

Talabnomachi 3 oy davomida talabnoma topshirish uchun patent boji to‘lovini amalga oshirishi kerak. 

Xabarga ko‘ra, Intellektual mulk markazi talabnoma kelib tushgan kundan 30 kun davomida talabnomaning rasmiy ekspertizasini amalga oshiradi.

Ushbu reglamentga ko‘ra, jumladan, baʼzi narsalar tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Ularga quyidagilar kiradi:davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar. Tovar va uning tayyorlovchisi to‘g‘risidagi yolg‘on yoki isteʼmolchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar. Shuningdek, jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid bo‘lgan belgilar.

Shuningdek