“UzAirports” yana taksi kompaniyalari uchun joylarni ijaraga bermoqchi

eʼlon qilindi
Kim oshdi savdosi 3 oktyabr kuni bo'lib o'tadi

«Uzbekistan Airports» kompaniyasi Toshkent aeroportidagi taksi kompaniyalari uchun yana uchta manzilni onlayn-auksionga qoʻydi.

Foto: UzAirports

Poytaxt havo bandargohida umumiy qabul qilish zali, VIP zal va mahalliy aviakompaniyalar terminalida taksilar ishga tushirilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, avvalgi kim oshdi savdosi o’tkazilmagan.

Ushbu joylarni ijaraga berish bo’yicha yangi auktsionlar 3 oktyabr, seshanba kuni bo’lib o’tadi.

Kompaniya taksi xizmatlari uchun texnik shartlar joriy etilishini e’lon qildi. Talablarga uch yildan ortiq bo’lmagan avtoulov parki, xizmatlar uchun naqd pul va kredit kartalarda to’lov kiradi.

Avvalroq, «Kursiv» joriy yilning avgust oyidan Qarshi shahrida Yandex Go taksi xizmati ishlay boshlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek