Bugun ham ikki tumanda elektr bo‘lmaydi

eʼlon qilindi
25-sentyabrda

Bugun, 25-sentyabr kuni Chilonzor va Mirzo Ulug’bek tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali xabar berdi.

Foto: peshkova | depositphotos.com

Soat 09:00 dan 17:00 gacha Chilonzor tumanining «Guliston» mahallasi hamda soat 09:00 dan 15:00 gacha Mirzo Ulug’bek tumani «Alisherobod»,  «Zakovat», «Iqtidor» hamda «Ijodkor» mahallalarining ayrim ko‘chalarida elektr tarmog‘ida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

Xabarda ko‘ra, hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan oldinroq tugashi mumkin.

Avvalroq, «Kursiv» elektr va gaz uchun subsidiyalar byudjetga qancha qimmatga tushishi haqida yozgan edi.

Shuningdek