O‘zbekistonda milliy onkologiya markazi barpo etiladi

eʼlon qilindi
Koreya bilan moliyaviy hamkorlikda

Koreya jamg‘armasi tomonidan «Milliy onkologiya markazini barpo etish» loyihasi uchun imtiyozli qarz ajratiladi. Qarz miqdori 127,5 mln AQSh dollari ekvivalentidan oshmaydigan Koreya voni. Qaror matni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida keltirilgan.

Manba: Pexels.com

Koreya hukumati 40 yil muddatga yillik 0,1 foiz stavkasida imtiyozli qarz ajratilishi ma’qullangan. O‘zbekiston hukumati va EDCF o‘rtasida 2021 yil 31 dekabrda loyiha yuzasidan qarz bitimi imzolangan.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi EDCF qarzidan maqsadli foydalanish hamda loyihani samarali amalga oshirish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi. «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» EDCF qarzi bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida moliyaviy agent hisoblanadi.

Asosiy qarz, unga hisoblangan foiz, vositachilik haqi hamda boshqa to‘lovlarni qoplash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston budjetidan qoplanadi. Loyihani amalga oshirish doirasida to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i davlat budjetidan to‘lanadi.

Iqtisodiyot va moliya vaziriga O‘zbekiston nomidan Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zmilliybank (moliyaviy agent) o‘rtasida EDCF qarzidan foydalanish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha agentlik bitimini imzolash vakolati beriladi. O‘zmilliybankka EDCF qarzi bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Koreya vakolatli banki bilan banklararo shartnomani imzolash vakolati beriladi.

«Kursiv» COVID-19 vaktsinasi ishlab chiqaruvchisi Xitoydagi biznesini toʻxtatgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek