Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev temir yo‘l sohasini qanday o‘zgarishlar kutayotganini aytdi

Mamlakatda bu eng arzon transport hisoblanadi

Hozir O’zbekistonning ichki bozorda mahsulotning atigi 5%, eksportda esa 45% temir yo‘l orqali tashilmoqda. Yaʼni, temir yo‘l kompaniyasi avtomobilda yuk tashish bilan raqobat qila olmayapti. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev temir yo‘l sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

Foto: loskutnikov / www.depositphotos.com

Uning so‘zlariga ko‘ra, halqaro maydondagi vaziyat hisobiga transport xarajatlari bir necha barobar oshib ketdi. O‘zbekistonda esa okeanlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish y’oq. Shuning uchun mamlakatda temir yo‘l eng arzon transport hisoblanadi.

Shuning uchun yig‘ilishda bu sohada ham o‘zgarishlarni amalga oshirish vaqti kelgani taʼkidlandi. Masalan, ayrim temir yo‘l korxonalari rentabelligi past, vagonlar parkining bir qismi taʼmirtalab va yangilanishga muhtoj. Jumladan, sohada xususiy sektor ishtiroki uchun zarur imkoniyatlar yaratilmagan, bilet sotishdagi korrupsiya bor. Aholi esa vagonlardagi sharoit va servisdan norozi.

Davlatimiz rahbari so‘zlariga ko‘ra, ayrim temir yo‘l stansiyalarining daromadi o‘z xarajatlarini qoplamayotganiga eʼtibor qaratdi. Shu munosabat bilan temir yo‘l stansiyalariga xususiy sektorni jalb qilish va investitsiya kiritish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ushbu muammolardan kelib chiqib, davlatimiz rahbari soha oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilab berdi. «O‘zbekiston temir yo‘llari»ni xoldingga aylantirib, tizimda zamonaviy boshqaruvni joriy qilinadi. Jumladan, infratuzilma, yuk vagonlari va logistika, yo‘lovchi tashish xizmatlari hamda vokzallar boshqaruvini bir-biridan ajratib, alohida korxonalar tashkil qilish bo‘yicha bildirilgan takliflar maʼqullandi.

Avvalroq, «Kursiv» Qirg‘iziston Xitoydan O‘zbekistonga temir yo‘l qurilishini moliyalashda o‘z ishtirokini qanday ko‘rishi haqida yozgan edi.