Apple Hindistonda ishlab chiqarishni besh baravar oshiradi

eʼlon qilindi
IPhone va Airpods ishlab chiqarish hajmining oshishi sababli

Amerikaning Apple korporatsiyasi Hindistondagi ishlab chiqarish hajmini 4-5 yil ichida 40 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda, bu ko‘rsatkich besh barobardan ko‘proq oshadi. Bu haqda BQprime portali mamlakat hukumatidagi manbalarga tayanib xabar berdi.

Foto: bloodua / www.depositphotos.com

«Apple yaqin 4-5 yil ichida Hindistonda ishlab chiqarishni 40 milliard dollardan ortiqroqqa yetkazishni rejalashtirmoqda. O‘tgan moliyaviy yil davomida u 7 milliard dollardan oshdi», — deya ismini oshkor etmagan amaldorning so‘zlaridan iqtibos keltirgan OAV. Apple bu ma’lumotni rasman tasdiqlamadi.

Apple Hindistonda iPhone smartfonlarini ishlab chiqaradi. 2024-yildan boshlab mamlakatda Airpods quloqchinlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

O‘tgan moliyaviy yilda kompaniya butun dunyo bo’ylab 191 milliard dollarlik iPhone sotgan. Joriy moliyaviy yilning birinchi to‘qqiz oyida Apple qariyb 157 milliard dollarlik smartfonlar sotgan.Bu ko‘rsatkichda 4 foizga bir oz pasayish qayd etilgan.

Ishlab chiqarish maydonchasidan tashqari, Hindiston kompaniya uchun beshta eng yirik bozorlardan biri rolini o‘ynaydi.

«Kursiv» O‘zbekistonda yangi iPhone va Apple Watch modellarining narxi haqida yozgan edi.

Shuningdek