Chilonzor va Uchtepada bugun nechigacha gaz bo’lmaydi?

eʼlon qilindi
Ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Ta’mirlash ishlari tufayli 26-sentyabr kuni 10:00 dan 18:00 ga qadar Chilonzor va Uchtepa tumanlarida gaz bo’lmaydi. Bu haqida Hududgazta’minot AJ rasmiy sahifasida xabar berilgan.

Фото: Pixabay

Bugun Chilonzor tumani Lutfiy, 1-Qatortol, Nafosat, Diyor, Qatortol, Cho‘ponota, Bog‘zor, Oqtepa, Ko‘tarma, Zarqo‘rg‘on, Fidokor, Botirma, Navbahor, Katta Navbahor, Qozirabot va Naqqoshlik MFYlaridagi 1418 ta yerli xonadon va 17750 ta ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Tumandagi ulgurji iste’molchilar soni – 58 tani tashkil qiladi.

Shuningdek, Uchtepa tumani tumanining 11, 15, 21, 22-mavzelaridagi ko‘p qavatli uylar, Guzar MFYdagi 29 ta ko‘p qavatli uy, Ko‘hna Cho‘pon ota MFYdagi 42b, 42v, 42g, 42d, 42e ko‘p qavatli uylar va Bog‘iston MFYdagi 2v, 7b, 7v, 7g ko‘p qavatli uylar ham buguncha gazsiz o’tiradi. Tuman ulgurji iste’molchilar soni – 42 ta.

Avvalroq, elektr ta’minotidagi uzilishlar haqida yozgan edik.

Shuningdek