Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi transport yo‘laklari qisqaradi va qulayroq bo‘ladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy transport vazirlari memorandum imzoladilar

Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy Xalq Respublikasi transport vazirlari mintaqalar oʻrtasida transport-kommunikatsiya sohasida qoʻshma loyihalarni hamda qisqaroq va qulayroq transport yoʻlaklarini barpo etish, shuningdek, tranzit tashish hajmini oshirishni muhokama qildilar.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

«Xitoy – Markaziy Osiyo» formatidagi uchrashuv Xitoy poytaxtida Barqaror transport bo‘yicha Global forum doirasida bo‘lib o‘tdi. Bunday formatdagi muzokaralar ilk bor o‘tkazildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha vazirliklar rahbarlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

Avvalroq, Tojikiston, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston transport departamentlari rahbarlari quruqlikdagi yuk tashishni rivojlantirish bo‘yicha kelishuv loyihasini ma’qullagani xabar qilingandi.

Shuningdek