Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy Xalq Respublikasi transport vazirlari mintaqalar oʻrtasida transport-kommunikatsiya sohasida qoʻshma loyihalarni hamda qisqaroq va qulayroq transport yoʻlaklarini barpo etish, shuningdek, tranzit tashish hajmini oshirishni muhokama qildilar.
«Xitoy – Markaziy Osiyo» formatidagi uchrashuv Xitoy poytaxtida Barqaror transport bo‘yicha Global forum doirasida bo‘lib o‘tdi. Bunday formatdagi muzokaralar ilk bor o‘tkazildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha vazirliklar rahbarlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.
Avvalroq, Tojikiston, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston transport departamentlari rahbarlari quruqlikdagi yuk tashishni rivojlantirish bo‘yicha kelishuv loyihasini ma’qullagani xabar qilingandi.