Bugun, 27-sentyabr kuni Sergeli va Beltemir tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Soat 09:00 dan 17:00 gacha Sergeli tumanining «Xabibiy» mahallasining ayrim ko‘chalarida elektr tarmog‘ida vaqtincha uzilish bo‘ladi.
Bektemir tumanining «Gulbog’» mahallasining ayrim ko‘chalarida ham soat 09:00 dan 17:00 gacha elektr tarmog‘ida vaqtincha uzilish bo‘ladi.
Xabarga ko‘ra, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Avvalroq, «Kursiv» Xitoy kompaniyasi Farg‘ona viloyatida quyosh elektr stansiyasini qurishi haqida xabar bergan edi.