Endi Toshkent chiroqsiz qolmaydi

eʼlon qilindi
Poytaxtga 100 dan ortiq ko’chma generator olib kelindi

Toshkent shahar hokimligi tomonidan barcha tuman elektr ta’minoti korxonalariga elektr ko‘chma generatorlar taqdim qilindi. Bu haqida O’zbekiston 24 rasmiy kanali lavhasida ma’lumot berildi. Generatorlar 800 va 500 kv. kuchlanishga ega.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati

Ushbu generatorlar transformatorlarda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan vaqtda tegishli hudud iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

Mazkur generatorlar bemalol bir mahallani elektr energiyasi bilan ta’minlay oladi, deyiladi lavhada.

Bugun Sergeli va Bektemir tumanlarining ba’zi joylari elektrsiz qolayotgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek