Yangiliklar

Toshkentda portlash oqibatida jabrlanganlarning umumiy soni 163 nafarni tashkil etmoqda

Bir kishi halok bo‘ldi

Toshkentda portlash oqibatida jabrlanganlarning umumiy soni 163 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Foto: zurijeta / www.depositphotos.com

Shundan jami 24 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning Toshkent viloyati filiali, Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifoxonasi, 1-sonli Respublika va 1-sonli shahar klinik shifoxonalari hamda 1-sonli shahar tug‘uruqxonasiga yotqizildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qolgan 138 nafar jabrlangan aholi vakilining salomatligi yaxshi bo‘lganligi uchun ambulator tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.

Hodisa oqibatida 2006 yilda tug‘ilgan bir nafar o‘smir bola voqea joyida vafot etgan va shifoxonaga tiriklik alomatlari bo‘lmagan holda olib kelingan.