O‘zbekistonda temir yo‘l yuklarini tashish tariflari koeffitsientlari qayta ko‘rib chiqildi

eʼlon qilindi
O‘zgartirishlar 20-oktyabrdan kuchga kiradi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati ichki yuklarni temir yo‘l orqali tashish bo‘yicha amaldagi tariflarga koeffitsientlar hajmini qayta ko‘rib chiqdi. Tashkilotning Telegram kanalida xabar qilinishicha, o‘zgartirishlar 20-oktyabrdan kuchga kiradi.

Foto: egorovartem / www.depositphotos.com

Qaror yoqilg‘i va elektr energiyasi, yer va mol-mulk solig‘i to‘lovi, ish haqining oshishi bilan asoslandi.

Sentyabr oxirida «Kursiv» «O‘zbekiston temir yo‘llari» xolding kompaniyasiga aylantirilishini yozgan edi. Kompaniya asosiy bo’lmagan aktivlarni sotishni va tushumni temir yo’l infratuzilmasini yaxshilashga yo’naltirishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek