Mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.
Nizomga ko‘ra, ruxsatnoma olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar, ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish kabilar nazarda tutiladi.
Qonuniy qazib olish bilan shug’ullanadigan kompaniyalar ixtisoslashtirilgan litsenziyalangan birjalar orqali kriptoaktivlarini sotishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi qarorida mayning uchun yagona elektr energetika tizimiga ulangan holda elektr energiyadan foydalaniladi. Isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlar belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar o‘suvchi koeffitsiyentga muvofiq to‘lanadi. Tig‘iz davrda isteʼmol qilingan elektr energiya uchun tegishli tariflarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ustamalar qo‘llaniladi.
Oʻzbekistonda anonim kriptoaktivlarni yashirin qazib olish, bunday faoliyatni ruxsatsiz, shuningdek, roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida koʻrsatilgandan boshqa manzilda amalga oshirish taqiqlanadi.
Avvalroq, «Kursiv» Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bilan suhbatlashgan edi. Mayning O‘zbekistonda kriptoaktivlar sohasidagi dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bir necha oy davomida noqonuniy kriptofermalarini aniqlashning bir nechta holatlari xabar qilindi.