Nega «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining sof foydasi qariyb to‘rt barobar kamaydi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Tashkilot birinchi yarim yillik hisobotini e'lon qildi


«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining sof foydasi olti oyda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 194,3 milliard so‘mdan 49,75 milliard so‘mga kamaygan, deyiladi tashkilot hisobotida.

Foto: BoneKot / www.depositphotos.com

Daromadning bu sezilarli qisqarishi tashuvchining pul ko’rinishida sotish hajmining o’sishiga qaramay sodir bo’ldi. Tashkilotning birinchi yarim yillikdagi xizmatlarni sotishdan sof tushum 6,7 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu 2022-yilga nisbatan 33 foizga ko‘pdir. Biroq, bu yil tannarxi o’tgan yilga nisbatan ko’proq daromadni «yeydi». Agar 2022-yilda mahsulot tannarxi sof tushumda 77,5 foizini tashkil qilgan bo‘lsa, bu safar deyarli 86 foizni tashkil etadi.

Kompaniyaning ma’muriy xarajatlari 24,4 dan 45,05 mlrd so‘mga oshgan. Tashkilot dividendlardan ham daromadga ega emas edi, garchi bu 2022 yilda aksiyadorlik jamiyatiga 2,9 milliard so’m keltirgan bo‘lsa-da. Valyuta farqlari bo‘yicha daromad deyarli ikki barobarga qisqarib, 512,3 milliardni tashkil etdi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston havo transporti sohasida raqobat kuchaymoqda. Birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda yana to‘rtta mahalliy kompaniya – Centrum Air, Silk Avia, Asia Union Airlines va Tashkent Air o‘z faoliyatini boshladi. «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi bilan birgalikda tashuvchilarning umumiy soni sakkiztaga yetdi.

Shuningdek