O‘zbekiston «Atom» elektromobilini yig‘ishni boshlashi mumkin

eʼlon qilindi
Rossiyaning "Kama" kompaniyasidan

O‘zbekiston Tataristonning «Kama» ishlab chiqaruvchisidan «Atom» elektromobilini yig‘ishni boshlashi mumkin, dedi Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Volvach.

Foto: RIA Novosti

Rasmiyning taʼkidlashicha, oʻzbekistonlik hamkorlar avvalo elektromobilni keng koʻlamli yigʻishni yoʻlga qoʻyishni va bir muncha vaqt oʻtgach, Oʻzbekiston Respublikasida toʻliq ishlab chiqarish tsiklini tashkil etishni xohlaydi.

«Men bu mashinani birinchi marta Qozonda ko’rganman. Bu elektromobil qanchalik ilg‘or va sifatli ekanligi men uchun kashfiyot bo‘ldi», — dedi Volvach o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib.

«Kama» kompaniyasi KAMAZ rahbari Sergey Kogogin tomonidan asos solingan.

Avvalroq, «Kursiv» Qozon va Toshkent o‘rtasidagi COVID tufayli uzilgan temir yo‘l aloqasi tiklanishini yozgan edi.

Shuningdek