Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston yo‘li qayerdan o‘tadi?

eʼlon qilindi
Qirg‘izistondagi yo‘nalish bo‘yicha qaror qabul qildi

Qirg‘iziston Respublikasi transport vaziri o‘rinbosari Irisbek Bariev Transport, kommunikatsiyalar, arxitektura va qurilish qo‘mitasi yig‘ilishida Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘lining yo‘nalishiga aniqlik kiritdi.

Foto: Tazabek

Unga so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston hududidan o‘tuvchi yo‘l Torugart – Qo‘sh-Dobo – Qozarmon – Jalolobod yo‘nalishidan o‘tadi.

Shuningdek, marshrut uzunligini 311 km qilib belgiladi, bu avvalroq e’lon qilingan 454 km ko’rsatkichdan farq qiladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha qiymati 4,7 milliard dollarni tashkil etadi.Rejaga ko‘ra, Qirg‘iziston Respublikasida umumiy uzunligi 57 km bo‘lgan bir nechta tunnel yotqizilishi va g‘ildiraklarni almashtirish uchun baza qurilishi kerak.

Rasmiy Bishkek o‘tgan hafta davomida yo‘l qurilishi moliyalashtirish modeli bo‘yicha kelishmovchiliklar tufayli noma’lum muddatga qoldirilgani haqidagi ba’zi OAV xabarlarini rad etdi.

Ayni paytda shuni aytish mumkinki, tomonlar qurilishni boshlash uchun dastlab e’lon qilingan muddat – sentyabr oyining birinchi kunlarini bajarmagan.

Shuningdek