Qozog‘istondan eksport qilinadigan bug‘doyning katta qismini O‘zbekiston sotib olgan

eʼlon qilindi
Oldin un endi esa bug‘doy sotib olishda rekord natija

O‘zbekiston Qozog‘istondan eksport qilinadigan bug‘doyning yarmini sotib oldi, deb xabar bermoqda «Trend» nashri.

Foto: Xalanx / depositphotos.com

Shu yil O‘zbekiston qariyb 3,9 million tonna bug‘doy sotib olgan. O‘tgan g‘alla mavsumda salkam 2,6 million tonnani tashkil etgan edi.

O‘zbekiston umumiy bug‘doy eksportining deyarli yarmini Qozog‘istondan sotib oldi.

O‘tgan mavsumda O‘zbekistonning ushbu qishloq xo‘jaligi ekini importidagi ulushi atigi 45 foizni tashkil etgan. Bu yil rekord o’rnatildi.

Xabarga ko’ra, avgust oyida Qozog‘istondan O‘zbekistonga 277 ming tonna bug‘doy yetkazib berilgan. O‘tgan yilning avgust oyida bu ko‘rsatkich 117 ming tonnani tashkil etgan edi.

Avgust oyi oxirida O‘zbekiston Qozog‘istonda un xarid qilish bo‘yicha besh yillik rekord yangilangani haqida yozgan edik.

Shuningdek