SK Group kompaniyasi Toshkent yaqinida mis folga ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

eʼlon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Koreya kompaniyasi rahbari bilan loyihani muhokama qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaning SK Group kompaniyasi raisi Chae Tae Von bilan istiqbolli loyihalarni muhokama qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

Uchrashuvda O‘zbekistonning Toshkent viloyatida mis folga ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha Koreya kompaniyasining rejalari haqida ma’lum bo‘ldi. Mirziyoyev va Von, shuningdek, xomashyoni chuqur qayta ishlash, yarimoʻtkazgich sanoati sohasida tadqiqotlar oʻtkazish va muhandis kadrlar tayyorlash tashabbuslarini muhokama qildi.

SK Group rahbari Koreya Savdo-sanoat palatasini boshqaradi. O‘zbekiston Prezidenti bilan suhbatda Koreya kompaniyalaridan mamlakatimiz iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya jalb etish masalasiga to‘xtalib o‘tildi.

SK Group – Janubiy Koreya xolding kompaniyasi, mamlakatdagi ikkinchi yirik chaebol (oilaviy konglomerat). 2022-yilda kompaniya dunyodagi eng yirik 500 ta kompaniya qatoriga kirdi.

«Kursiv» Janubiy Koreya O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligi haqida yozgan edi.

Shuningdek