O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaning SK Group kompaniyasi raisi Chae Tae Von bilan istiqbolli loyihalarni muhokama qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning Toshkent viloyatida mis folga ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha Koreya kompaniyasining rejalari haqida ma’lum bo‘ldi. Mirziyoyev va Von, shuningdek, xomashyoni chuqur qayta ishlash, yarimoʻtkazgich sanoati sohasida tadqiqotlar oʻtkazish va muhandis kadrlar tayyorlash tashabbuslarini muhokama qildi.
SK Group rahbari Koreya Savdo-sanoat palatasini boshqaradi. O‘zbekiston Prezidenti bilan suhbatda Koreya kompaniyalaridan mamlakatimiz iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya jalb etish masalasiga to‘xtalib o‘tildi.
SK Group – Janubiy Koreya xolding kompaniyasi, mamlakatdagi ikkinchi yirik chaebol (oilaviy konglomerat). 2022-yilda kompaniya dunyodagi eng yirik 500 ta kompaniya qatoriga kirdi.
«Kursiv» Janubiy Koreya O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligi haqida yozgan edi.