Botanika bog‘i Toshkent hokimligi tasarrufiga o‘tmaydi

eʼlon qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Botanika bog‘ining Toshkent shahar hokimligi balansiga o‘tkazilishi yuzasidan noroziliklar paydo bo‘ldi

Botanika bog‘i Toshkent hokimligi tasarrufiga o‘tmaydi. Bu haqida bir qancha mas’ul tashkilotlar o’z bayonotlarini bilan chiqishdi. Jamoatchilik faollari ommani e’tiborini ushbu masalaga jiddiy qarashga chorladi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Senat Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori loyihasiga ilova qilingan ro‘yxatdan Toshkent Botanika bog‘ini chiqarib tashlashni haqida gapirgan. Bu haqda Oliy majlis senati maʼlum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasining «Istirohat bog‘lari faoliyati va boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaror loyihasiga muvofiq barcha istirohat bog‘lari Toshkent shahar hokimligi huzuridagi «Istirohat bog‘larini boshqarish direksiyalari» davlat muassasasi balansiga o‘tkazilishi belgilangan.

Xabarga ko‘ra, loyihaga binoan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi «Istirohat bog‘larini boshqarish direksiyalari» davlat muassasalari balansiga o‘tkaziladigan istirohat bog‘lari ro‘yxatiga Toshkent Botanika bog‘i ham kiritilgan.

Ushbu loyihaga ko‘ra esa istirohat bog‘lari hududlarini savdo va pullik xizmatlar ko‘rsatish uchun ijaraga berish, attraksionlar o‘rnatish ko‘zda tutilmoqda, deyiladi Senat xabarida.

Senat Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori loyihasiga ilova qilingan ro‘yxatdan Toshkent Botanika bog‘ini chiqarib tashlashni haqida gapirgan.

Adliya vazirligining axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva «Botanika bog‘i bo‘yicha loyiha tomonlar bilan kelishilmagan, ushbu loyiha Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilganda ham ijobiy xulosa berilmagan», deya xabar qilgan.

Ayni paytda bog‘ning hozirgi egasi – Fanlar akademiyasi ham o‘z munosabatini bildirgan. Unga ko‘ra, FA loyihaga rozi emas, yaʼni loyiha kamida ushbu tashkilot bilan kelishilmagan.

Toshkent shahar hokimligi ham ushbu jarayonda o‘z bayonoti bilan chiqdi.  Unga ko‘ra, botanika bog‘i hokimlik balansiga o‘tkazilmaydi. Bayonotda aytilishicha, bu taklif hokimlikdan chiqmagan. Bu Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tashabbusi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu ochiq osmon ostidagi tabiiy laboratoriyalar majmui tarkibida jami 9 ta ilmiy laboratoriya mavjud.

Shuningdek