Isroilda qurolli mojaro boshlandi

eʼlon qilindi
Falastinlik jangarilar mamlakatga kirib kelgan

7-oktyabr, shanba kuni G‘azo sektoridan Isroilga raketa hujumlari uyushtirildi. Jangarilar mamlakat hududiga kirishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi «RIA Novosti».

Foto: neufal54 / Pixabay.

Zarbalar mamlakat janubi va markazida uyushtirilgan. Tel-Aviv shahri ham zarar ko’rdi. Isroil armiyasi zaxiradagi askarlarni yollash haqida e’lon qildi.

Ommaviy axborot vositalarida jiplarda qurollangan odamlar tasvirlangan videolar tarqatilmoqda. Ko’chalarda otishma va havo hujumi signallari eshitiladi.

Hozircha 60 yoshli bir fuqaroning halok bo‘lgani va ikki nafari yaralangani haqida ma’lum.

Bir kun avval, 6-oktyabr, Yom Kipur urushi boshlanganiga 50 yil to‘ldi. Qurolli to’qnashuvda bir tomonidan arab davlatlari ittifoqi va ikkinchi tomonidan Isroil AQSh ko‘magida qarshi kurashdi.

Avvalroq, «Kursiv» Isroil politsiyasining Al-Aqso masjidiga bostirib kirishi chog‘ida yuzga yaqin falastinlik yaralangani haqida yozgan edi.

Shuningdek