O‘zbekistonlik yana bir sportchi 2023-yilgi Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi

eʼlon qilindi
Sevinch Rahimova Osiyo oʻyinlari chempioni!

Karate WKF yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Sevinch Rahimova Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo’lga kiritdi.

Foto: Milliy olimpiya qo’mitasi

-55 kg vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz finalda Xitoy Taipeyi vakili Sui-Ping Kuni magʻlubiyatga uchratdi.

Eslatib o’tamiz, 2023-yilgi Osiyo oʻyinlari Xitoyning Xanchjou shahrida va Oʻrta Qirollikning yana beshta shahrida 23-sentyabrdan 8-oktyabrgacha boʻlib oʻtadi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston bokschilari 2023-yilgi Osiyo o‘yinlarida uchta oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida yozgan edi.

Shuningdek