Karate WKF yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Sevinch Rahimova Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo’lga kiritdi.
-55 kg vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz finalda Xitoy Taipeyi vakili Sui-Ping Kuni magʻlubiyatga uchratdi.
Eslatib o’tamiz, 2023-yilgi Osiyo oʻyinlari Xitoyning Xanchjou shahrida va Oʻrta Qirollikning yana beshta shahrida 23-sentyabrdan 8-oktyabrgacha boʻlib oʻtadi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston bokschilari 2023-yilgi Osiyo o‘yinlarida uchta oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida yozgan edi.