Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga Rossiya gazi tranzitiga start berildi

eʼlon qilindi
Tarixda ilk bora Rossiya gazi Markaziy Osiyoga yetkazib beriladi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari Shavkat Mirziyoev va Kasim-Jomart To‘qaev bilan birgalikda ushbu ikki mamlakatga Rossiya gazini etkazib berishni boshladi. Bu haqida TASS xabar bermoqda.

Foto: Usnplash

Endilikda Rossiyadan O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali tranzit bilan gaz kelib tushadi. Shu bilan birga uning bir qismi Qozog‘istonga ham beriladi.

Rossiya Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bu butun mintaqaning energetika xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan o‘zaro manfaatli loyiha.

Avvalroq, «Kursiv» Qozog‘iston Rossiyadan O‘zbekistonga gaz tranzitini rejadagidek 1-oktyabrdan emas, faqat oktyabr oyi oxirida boshlashni rejalashtirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek