Yakshanba kuni O‘zbekistonda yomg‘ir to‘xtaydi

eʼlon qilindi
O‘zgidromet prognoziga ko‘ra

8-oktyabr, yakshanba kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘maydi, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

Foto: giografiche / Pixabay.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida 8—9-oktabr, yakshanba va dushanba kunlari havo harorati kechasi 7—12°, kunduzi 22—27° issiq bo‘ladi.

10-oktabr, seshanba kuni ushbu hududlarda havo harorati kechasi 9-14°, kunduzi 25-30° iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda qor yog‘ishi haqida yozgan edi.

Shuningdek