Endilikda Estoniya davlat sirlariga kirish huquqiga ega bo‘lganlar O‘zbekistonga sayohat qilishda maxsus xizmatlarni xabardor qilishlari kerak.
Sentyabr oyining oxiridan boshlab ro’yxat sezilarli darajada kengaydi. Agar ilgari u faqat Rossiya, Belarus va KXDRni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, endi uning tarkibiga Armaniston, Ozarbayjon, Xitoy, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston kiradi.
Davlat sirlariga ega bo’lgan va ushbu mamlakatlardan biriga shaxsiy va xizmat safarlarini rejalashtirayotgan fuqarolar Estoniya xavfsizlik politsiyasini oldindan xabardor qilishlari kerak.
Estoniyaliklar sayohat chog’ida mahalliy razvedka xizmatlari maxfiy ma’lumotlar tashuvchilarga qiziqish bildirishidan qo’rqishadi.