Endilikda issiq suv hisoblagichlarining ko‘rsatkichlarini maxsus Telegram botga yuborish mumkin

eʼlon qilindi
suv
Veolia Energy Tashkent Telegram-Boti ishga tushirildi

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi issiq suv hisoblagichlarining ko‘rsatkichlarini yuborish uchun maxsus Telegram botini ishga tushirdi.

Foto: Veolia Energy Tashkent

Veolia Energy Tashkent Telegram-Boti: @vet_pokazaniya_bot

Bot o‘zbek va rus tillarida yuritiladi. Endilikda iste’molchilar hisoblagich ko’rsatkichlarini bir necha daqiqada bot orqali yuborishlari mumkin.

Botga shaxsiy hisob va telefon raqamini yuborish yetarli. Ma’lumotlarni olgandan so’ng, Telegram-bot tasdiqlash uchun so’rov yuboradi.

Xabarga ko’ra, Veolia Energy Tashkent kompaniyasi bot orqali olingan ko’rsatkichlarni iste’molchilarning shaxsiy akkauntlariga muntazam ravishda yuklab boradi.

Avvalroq, «Kursiv» Toshkentda sovuq suv tariflari qimmatlashishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek