O‘zbekiston Afg‘onistonda zilziladan jabr ko‘rganlarga gumanitar yordam jo‘natdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Yuk tarkibida oziq-ovqat, chodir, ko‘rpa-to‘shak va dori-darmonlar bor

10-oktabr kuni O‘zbekiston yaqinda zilziladan jabr ko‘rgan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi.

Foto: Reuters

Yordam yig‘ish va jo‘natish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev boshchiligida tashkil etildi.

Og‘irligi 100 tonna bo‘lgan yuk tarkibida oziq-ovqat (un, bug‘doy, yog‘, makaron, go‘sht mahsulotlari, guruch, shakar), chodirlar, ko‘rpa-to‘shak va dori-darmonlar bor.

Posilka Hirotga My Freighter yuk aviakompaniyasining Boeing-747 samolyotida jo‘natildi.

Eslatib o‘tamiz, 7-oktyabr kuni Afg‘onistonda 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi. Mamlakat g‘arbida sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatida 2 mingdan ortiq aholi halok bo‘ldi. Jarohatlanganlar ro‘yxatida 9 mingdan ortiq kishi bor.

8-oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonot berib, zilzila qurbonlarining oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.

Shuningdek