O‘zbekistonda avtomobillarning 75 foizi gazda ishlaydi

eʼlon qilindi
Ularning aksariyati yoqilg'i sifatida gazdan foydalanadi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar 3,2 million avtomobilga ega, deb xabar berdi O‘zA axborot agentligi.

Foto: Roman Fedotov

Shundan 2,4 million avtomobil yoqilg‘i sifatida gazdan foydalanadi. 796 ming avtomobil benzinda, 71 mingtasi dizel yoqilg’ida ishlaydi.

Mamlakatimizda nosoz avtomobillar soni 100 mingtaga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida O‘zbekistonda yangi avtomobillar sotuvi ikki barobardan ko‘proqqa oshib, 37,7 mingtaga yetgan, keyin esa eski avtomobillar bozori 7 foizga o‘sib, 97,5 mingtaga yetgan.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda eskirgan yengil avtomobillar 12 foizga qimmatlashgani haqida yozgan edi.

Shuningdek