O‘zbekistonda jismoniy shaxslar 3,2 million avtomobilga ega, deb xabar berdi O‘zA axborot agentligi.
Shundan 2,4 million avtomobil yoqilg‘i sifatida gazdan foydalanadi. 796 ming avtomobil benzinda, 71 mingtasi dizel yoqilg’ida ishlaydi.
Mamlakatimizda nosoz avtomobillar soni 100 mingtaga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida O‘zbekistonda yangi avtomobillar sotuvi ikki barobardan ko‘proqqa oshib, 37,7 mingtaga yetgan, keyin esa eski avtomobillar bozori 7 foizga o‘sib, 97,5 mingtaga yetgan.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda eskirgan yengil avtomobillar 12 foizga qimmatlashgani haqida yozgan edi.