Isroil politsiyasi Falastinning HAMAS guruhi uchun xayriya olgan Binance kriptovalyuta birjasining akkauntlarini blokladi, deb xabar bermoqda Reuters.
«Politsiya kiber bo’linmasi va Mudofaa vazirligi (…) mablag’larni davlat g’aznasiga o’tkazish uchun Binance kripto birjasi yordami bilan ushbu hisoblarni topish va muzlatish choralarini ko’rdi», – deya politsiya so’zlaridan iqtibos keltirgan OAV.
Huquq-tartibot idoralari qancha hisob bloklangani va gap qancha mablag‘ haqida ketayotganini tushuntirmadi. HAMAS vaziyatga izoh bermadi.
Nashrning ta’kidlashicha, Falastin guruhi yillar davomida kriptobirjalardan mablag’ to’plash uchun foydalanmoqda.
7-oktyabr kuni ertalab HAMAS Al-Aqso bo‘roni operatsiyasini e’lon qildi. Bosqindan oldin Isroilga qarshi raketa otilgan.
Hozirgi janglar Yom Kipur urushining 50 yilligi munosabati bilan boshlangan.
«Kursiv» mojaro allaqachon mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo’lgani haqida yozgan.