Qozog‘iston Energetika vazirligi: O‘zbekiston yanada yaxshi narxlar va shartlarni taklif qilsa, biz neft yetkazib berishni ko‘paytirishni ko‘rib chiqishga tayyormiz

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Vazirlik bu masala O‘zbekiston tomoni bilan allaqachon muhokama qilinganini ta’kidladi

Qozog‘iston hukumati, agar Toshkent narx bo‘yicha yaxshi sharoitlarni taklif qilsa, O‘zbekistonga neft eksporti hajmini oshirish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin, dedi Qozog‘iston energetika vaziri o‘rinbosari Erlan Akkenjenov.

Foto: sm.news

«O‘zbekiston Respublikasiga neft yetkazib berish Shag‘ir neft quyish stansiyasi (Chimkent) va Qosimov neft nasos stansiyasidan (Atirau) amalga oshiriladi. Agar O‘zbekiston tomoni Xitoy yoki boshqa xorijiy davlatlar yo‘nalishidan ko‘ra yaxshiroq narx va shartlarni taklif qilsa, biz yetkazib berish hajmini oshirishni ko‘rib chiqishga tayyormiz», — dedi Akkenjenov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala allaqachon O‘zbekiston tomoni bilan muhokama qilingan. 2022-yil yakuniga ko‘ra Qozog‘iston neftining O‘zbekistonga eksporti umumiy hajmning 0,13 foizini tashkil etdi.

«300 ming tonna Rossiya neftini Qozogʻiston hududi orqali tranzit qilish boʻyicha kelishuvga muvofiq, yil boshidan buyon 79 ming tonna yetkazib berildi. Shu bilan birga, 2022-yilda Qozog‘iston neftining O‘zbekistonga eksporti 87 ming tonnani, joriy yilning to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra esa 46 ming tonnani tashkil etdi», — deyiladi vazirlik xabarida.

Akkenjenov, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi nefti O‘zbekiston bozorida Qozog‘iston neftini siqib chiqarmayotganini aytdi.

Shuningdek