O‘zbekiston narxlarning oshishini sekinlashtira oladimi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023-yilda 5,5 foizga o‘sdi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) o‘zining yangi hisobotida O‘zbekiston narxlar o‘sishini sekinlashtira oladimi yoki yo‘qligini tushuntirdi. Ma’lumotlar jahon iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan navbatdagi hisobotida eʼlon qilindi.

Foto: International Monetary Fund

Maʼlumotga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023-yilda 5,5 foizga o‘sadi. Bu aprel oyida kutilganidan 0,2 foizga yuqori.

2024-yil uchun YAIM o‘sishi prognozida o‘zgarish bo‘lmaydi, 5,5 foiz darajasida qoldirilgan.

XVJ O‘zbekistondagi inflyatsiya prognozini 11,8 foiz o‘rniga joriy yilda 10,2 foizni tashkil etadi. Keyingi yilda esa 10 foizgacha sekinlashadi.

Shu bilan birga, valyuta jamg‘armasi Markaziy bankning 2028 yilgacha 5 foizlik inflyatsiya ko‘rsatkichiga erishish maqsadi mushkul vazifa ekanini prognoz qilyapti.

Bundan tashqari, kelgusi ikki yil ichida joriy to‘lov balansi taqchilligi mos ravishda 4,3 va 4,6 foizgacha oshishi mumkin. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha kutilmalarning yomonlashishi respublikaga transchegaraviy to‘lovlar hajmi kamayishi, tashqi savdo taqchilligining kengayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 

Avvalroq, «Kursiv» XVJning Xitoyda davlat qarzining ortishi Osiyo iqtisodiyotiga tahdid solmoqda mavzusida yozgan edi. AQShdagi muammolar iqlim o’zgarishiga qarshi kurashga zarba berishi mumkinligi haqida so’z boradi.

Shuningdek