Škoda Group kompaniyasi Oʻzbekistonga 320 million yevroga 30 ta elektropoyezd yetkazib beradi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Vagon yig'ish ishlarining bir qismi respublikamizda amalga oshiriladi

Chexiyaning Škoda Group kompaniyasi Oʻzbekistonga 30 ta elektropoyezd yetkazib beradi, deyiladi kompaniya saytida.

Foto: ČTK/Škoda Group

Shartnoma summasi 320 million yevroga baholanmoqda. Chexiya transport vaziri Martin Kupka bu chex kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi bilan tuzgan eng yirik shartnoma ekanligini ta’kidladi.

«Ushbu shartnoma xalqaro temir yoʻl transporti kelajagini shakllantirishda naqadar muhim rol oʻynashimizni tasdiqlaydi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari» bilan strategik hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi», – dedi Škoda Group kompaniyasining Yaqin Sharq mintaqasi rahbari Zdenek Svata.

Foto: www.skodagroup.com

Poyezdlarni yig‘ish 2024 yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Ishning asosiy qismi Chexiya Ostravasida, qisman Oʻzbekistonda boʻladi.

Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Petr Fiala taʼkidlaganidek, imzolangan shartnoma Oʻzbekiston Respublikasida metro va tramvaylar uchun poyezdlar yetkazib berish masalalarini muhokama qilish imkoniyatini ochadi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasidan oltita tezyurar elektropoyezd sotib olishini yozgan edi.

Shuningdek